Rossiya va Ukraina: Sun’iy yo’ldoshdan olingan yangi suratlar

Rossiya harbiy texnikasining Ukraina bo'ylab joylashtirilayotgani haqida dalillar kundan kunga ortib bormoqda. Yangi sun'iy yo'ldosh tasvirlari Belorussiya, Qrim va Rossiyaning g'arbiy qismidagi ko'plab joylarda harbiy markazlar yanada kengayganligini ko’rsatmoqda.
Rossiya qo‘shinlari so‘nggi ikki hafta ichida Belorussiyaga joylashtirildi. Rossiya va Belorussiya mudofaa vazirliklarining bildirishicha, qo‘shinlar joriy oy o‘tkaziladigan yirik o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko’rishmoqda.
Tasvirlar Maxar tomonidan to'planib tahlil qilingan. Dalillarning ko’rsatishicha, harbiy harakatlar “faollik va tayyorgarlikningn yuqori darajasini aks ettiradi”.
Maxar va boshqa sun'iy yo'ldosh tasvirlarini yetkazib beruvchi provayderlar so'nggi bir necha oy ichida Ukraina chegarasidan taxminan 150 milya masofadagi Rossiya harbiy poligonlari va garnizonlari kengayganini payqashdi.
Maxar Novouzernedagi (Qrim) xuddi shu harbiy lagerning sentabr va yanvar oylaridagi suratlarini solishtirdi. Tasvirlar faollikning sezilarli o'sishini, chodirlar maydonini kengayganini ko'rsatmoqda.






