Rossiya — Ukraina muzokarasining navbatdagi raundi

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaraning navbatdagi — uchinchi davrasi ikki davlat chegarasidagi Belovej Pushasida bo‘lib o‘tadi.
Ukraina delegatsiyasi a’zosi, amaldagi “Xalq xizmatkori” partiyasining Radadagi fraksiyasi yetakchisi David Araxamiya “Strana” nashriga bergan intervyusida uchrashuv bugun — 7 martda, kunning ikkinchi yarmida bo‘lishini ma’lum qilgan.
Rossiya delegatsiyasidan Davlat dumasi xalqaro masalalar qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy ham ijtimoiy tarmoq orqali muzokara bugun davom etishini aytgan.
Uning fikricha, navbatdagi raund, ayniqsa, muhim.
“Erishilgan ayrim kelishuvlar parlament darajasida mustahkamlanib, keyin milliy miqyosda ratifikatsiya qilinishi lozim”, dedi Slutskiy.






