Rossiyada iPhone narxi so‘nggi uch hafta ichida 24-34 foizga oshdi

Rossiya internet-do‘konlarida so‘nggi uch hafta ichida 23-fevraldan 15-martgacha iPhone narxlari 24-34 foizga, Apple noutbuklari esa 46-142 foizga qimmatlashgan.
Tahlilchilarning fikricha, noutbuklar orasida MacBook Air MGN63 narxi eng kam o'zgargan - narxi 46 foizga oshgan va 15-mart kuni 126 100 rublni tashkil qilgan. Smartfonlar orasida iPhone 11 128GB va iPhone 11 64GB narxlari eng kam, iPhone 13 128GB esa eng koʻpi 34 foizga qimmatlashgan, hozirda uning narxi 125 900 rublni tashkil etmoqda.
Shu bilan birga, tadqiqotchilarning fikricha, kompaniya planshetlarining narxi 13-34 foizga oshgan. iPad Pro 12.9 128 GB eng ko'p qimmatlashgan bo’lsa, iPad Pro 11 128 GBning narxi nisbatan kamroq ko’tarilgan.






