Rossiyada koinotda suratga olingan ilk film premyerasi boʻlib oʻtdi

Rossiyaning Moskva shahrida joylashgan “Oktyabr” kinoteatrida Klim Shipenkoning "Xalqaro kosmik stansiyasi” bortida suratga olingan “Chaqiruv” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi.
Filmga tayyorgarlik 2020-yilda boshlangan. 2021-yil 5-oktabr kuni esa aktrisa Yuliya Peresild, kinorejissyor Klim Shipenko va kosmonavt Anton Shkaplerov bilan birgalikda Xalqaro kosmik stansiyaga uchishgan.
Filmni suratga olishda o'sha paytda orbitada ishlayotgan kosmonavtlar ham qatnashgan. Tasvirga olish guruhi 2021-yil 17-oktabrda Yerga qaytgan.
27-aprel kuni film Bahrayn, Misr, Iordaniya, Iroq, Eron, Qatar, Quvayt, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Falastin, Saudiya Arabistoni, Suriya va Sudan kinoteatrlarida namoyish etiladi.






