Rossiyadan Oʼzbekistonning barcha hududlariga sovuq havo oqimi kirib kelmoqda

Ma’lum qilinishicha, bugun, 24-fevral kuni Oʼzbekistonning shimoli-gʼarbiy hududlariga, 25-26-fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga Rossiyaning Yevropa qismidan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

24-fevralda Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 25-fevralda respublikaning qolgan hududlarida yogʼingarchilik (yomgʼir, qor) kuzatiladi, 24-25-fevralda respublika boʼyicha baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

25-26-fevralda harorat kechalari 0-5 darajagacha sovuq, respublika shimolida 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq havo bo’lishi kutilmoqda.