Rossiyaga migrantlar kerak — OAV

Rossiya aholi sonini saqlab qolishi uchun har yili 390 ming muhojirni jalb qilishi kerak. Bu haqda BBC tadqiqotlarga tayanib, xabar berdi.
“Aholi soni qisqarib ketishining oldini olish uchun Rossiya kelgusi 80 yil ichida har yili 390 mingdan 1,1 milliongacha muhojirni jalb qilishi kerak. Aks holda, 2100-yilga kelib mamlakat aholisi ikki barobarga kamayib ketadi”, deyiladi xabarda.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, tug’ilish darajasini har bir ayolga 2,5 bola deb qaralsa, 2036-yilga borib, oʻz-oʻzidan migratsiyaga ehtiyoj sezila boshlaydi.






