Rossiyaga xalqaro avtobus qatnovlarida xavfsizlikni ta'minlash

Transport vazirligi Rossiyaga avtobus safari paytida yo'lovchilar xavfsizligini qanday ta'minlashini tushuntirdi.
Vazirlik har bir avtobusga uchta haydovchi biriktirilishini ta'kidladi. Marshrutga chiqishdan oldin haydovchilar tibbiy ko'rikdan o'tadilar va avtobuslar ham texnik ko'rikdan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, reyslar Yutong avtobuslarida Uz Autotrans Service kompaniyasi tomonidan Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg kabi shaharlarga amalga oshiriladi.






