Rossiyaning «Red Wings Airlines» aviakompaniyasi Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqchi

Rossiyaning «Red Wings Airlines» aviakompaniyasi 2022-yildan Yekaterinburgdan O’zbekistonga parvozlar yo’lga qo’yishni rejalashtirmoqda.
Aviakompaniya parvozlarni Buxoro, Navoiy va Samarqandga, shuningdek, MDHning boshqa bir qator shaharlariga amalga oshirmoqchi.
Qayd etilishicha, umumiy hisobda 2022-yilda aviakompaniya 30 ta xalqaro va mintaqaviy yo’nalishga uchishni rejalashtirgan. Epidek vaziyat yakuniy qarorga ta'sir etishi mumkin.
Ma‘lumot o’rnida, Rossiya koronavirus bilan bog’liq vaziyat barqarorlashayotgani sababli O’zbekistonga amalga oshiriladigan muntazam reyslar sonini ko’paytirishi ma‘lum qilingandi. Ta‘kidlanishicha, Rossiya koronavirusga qarshi kurashish shtabi bosh vazir o’rinbosari Tatyana Golikova o’tkazgan yig’ilishdan so’ng shunday qaror chiqargan.
Unga ko’ra, «Aeroflot» aviakompaniyasi 5-oktyabrdan Bahrayn, Hindiston, BAA, Tojikiston va O’zbekistonga muntazam reyslar sonini ko’paytiradi. Bundan tashqari, yangi yo’nalishlar ham ochiladi.






