Rossiyaning "Svetofor" savdo tarmog'i O'zbekiston bozoriga kirmoqda

Rossiyaning Oʻzbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmatining xabar berishicha, mamlakatimizdagi birinchi do'konlarning ochilishi 14-dekabr kuni Toshkent shahrida, 15-dekabr kuni esa Farg'ona va Andijonda bo'lib o'tadi.
Qayd etilishicha, “Svetofor” Rossiyadagi eng yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri sanaladi. 2009-yilda tashkil etilganidan buyon kompaniya arzon narxlarda tovarlar taklif qiluvchi 3 mingga yaqin do'konga ega bo’lgan.






