Rossiyaning Tyumen va Surgut shaharlaridan Toshkentga yangi reyslar yo’lga qo’yiladi

Rossiyaning "Utair" aviakompaniyasi O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga Tyumen va Surgut shaharlaridan yangi reyslar ochishini ma'lum qildi.
Maʼlumotlarga koʻra, parvozlar payshanba kunidan quyidagi jadval boʻyicha amalga oshiriladi:
Surgut — Toshkent, 28-apreldan:
ketish - 07:20 - qaytish - 12:00;
Tyumen — Toshkent, 5-maydan boshlab:
ketish - 11:35 - qaytish - 15:50;
Qayd etilishicha, aviakompaniya bundan keyin Moskvadan Toshkentga har kuni reyslarni amalga oshiradi.






