Rossiyaning Oʼzbekistonga kiritgan sarmoyasi 6 yilda 2,1 barobar oshgan

Yevroosiyo taraqqiyot banki hisobotida keltirilishicha, Rossiyaning Oʼzbekistonga kiritgan sarmoyasi so’nggi 6 yilda 2,1 barobarga oshgan. Hamdoʼstlik davlatlari orasida asosiy investor Rossiya boʼlib, joriy yilda uning toʼgʼridan-toʼgʼri sarmoyadagi ulushi 79,2 %ni tashkil etgan.

Qozogʼiston va Ozarbayjon 2 va 3-oʼrinlarda – 9,5% va 8,4% qayd etilgan.

Xorijiy investitsiyalar hajmi boʼyicha ham Rossiya yetakchi bo’lib, umumiy hajmning 21 %ini tashkil qilgan. 2-oʼrinda Xitoy – 19,9 %, 3-oʼrinda Turkiya – 10,4 % ko’rsatilgan.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko’ra, Hamkorlikning barcha davrida Rossiyadan respublikaga kiritilgan sarmoyalarning umumiy hajmi 10 mlrd dollardan dan ortiqni tashkil etadi.