Rossiyaning yadro qurollari soni qancha?

Putin dunyoni xavotirga solgan holda yadroviy kuchlarni shay holatga keltirishga buruq berdi.

Ammo tahlilchilar fikricha, Putinning xatti-harakatlari, ehtimol, yadro qurolidan foydalanish istagini bildirish o'rniga, boshqa davlatlarga Ukraina masalalariga aralashuvni kuchaytirmaslik haqida ogohlantirish sifatida talqin qilinishi kerak.
Yadro qurollari qariyb 80 yil davomida mavjud bo'lib, ko'plab davlatlar ularni milliy xavfsizlik kafolati sifatida ko'radi.

Yadro quroliga oid barcha raqamlar taxminiydir, ammo Amerika Olimlar Federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiyada 5977 ta yadro kallaklari mavjud.

4500 ga yaqinining aksariyati strategik yadro qurollari - ballistik raketalar yoki uzoq masofalarga nishonga olinadigan raketalar hisoblanadi, ya’ni, yadro urushi bilan bog'liq qurollar.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko'ra, hozirda 1500 ga yaqin Rossiya jangovar qurollari "joylashtirilgan", ya'ni ular raketa va bombardimonchilar bazalarida yoki dengizdagi suv osti kemalarida joylashgan.

Dunyo bo’ylab to'qqizta davlat yadro quroliga ega: Xitoy, Fransiya, Hindiston, Isroil, Shimoliy Koreya, Pokiston, Rossiya, AQSh va Buyuk Britaniya.