Rossiyaning yangi elchisi O'zbekistonda o'z faoliyatini boshladi
O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, joriy yilning 12 aprel kuni Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor elchisi etib tayinlangan Oleg Malginovni qabul qildi.
Shuningdek, vazir Elchini faoliyatining boshlanishi bilan tabriklab, unga bunday mas'uliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuv davomida tomonlar ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildilar va O'zbekiston-Rossiya strategik sheriklik aloqalarining hozirgi holati va istiqbollarini hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi o'zaro aloqalar masalalarini muhokama qildilar.