Ruminiyada ham zilzila sodir bo’ldi

“Ruminiya Yer fizikasini rivojlantirish milliy institut” ma’lumotlariga ko’ra, kecha, mahalliy vaqt bilan soat 16:58:06 da Gorj okrugining Olteniya shahrida 5,2 magnitudali, 15 kilometr chuqurlikda kuchli zilzila sodir bo’lgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar berilmagan. Zilzila nafaqat Ruminiya poytaxtida, balki markazdan 207 kilometr uzoqlikda, qo‘shni Moldovada ham sezilgan.