Rus neft-gaz sanoati ham sanksiyalarga yuz tutmoqda

Oq uy matbuot kotibining xabariga ko’ra, AQSH hukumati Rossiya neft-gaz sanoatiga qarshi sanksiya joriy qilish masalasini muhokama qilmoqda.

Hozir bunday sanksiya dunyo bozori va AQSHdagi energiya narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganilmoqda.

Psaki “MSNBC”ga bergan intervyusida Vashington va g‘arbdagi AQSHning asosiy hamkorlari Moskva energetika sektoriga keng qamrovli sanksiya qo‘llashga, deyarli, tayyor, dedi.