Ruslanbek Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʼyicha maslahatchisi etib tayinlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Ruslanbek Quroltayevich Davletov Prezidentning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish masalalari boʼyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʼzbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimidan ozod etildi.






