Ruslanbek Davletov: tejalgan 46 milliard so‘m va iqtisod qilingan 100 tonna qog’oz

Toshkent yoshlar forumi doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov yoshlarga tizimdagi islohotlar haqida so‘zlab berdi.
"Bugungi kunda mamlakatimizda islohotlar kirib bormagan soha qolmadi, - dedi Ruslanbek Davletov. - Islohot bu qonun, qonunosti hujjat, degani. Elektron tizimga o‘tganimizdan keyin birorta qog‘oz ishlatilmayapti. Bir yilda adliya tizimida 100 tonna qog‘oz iqtisod qilinyapti. 34 turdagi ma’lumotnomani aholidan talab qilish bekor bo‘lgani orqasidan 46 milliard so‘m tejaldi".
Forumda shuningdek, yoshlarning barcha sohalarda faol ishtirok etishi muhimligi ta’kidlandi.
"Bizga eng yetishmayotgan narsa – g‘oya. Raqamlashtirish oson tuyuladi, lekin nimani raqamlashtiramiz? Yoshlarimiz bizning ishimizni yengillashtiradigan dasturlar, g‘oyalar to‘g‘risida o‘ylashi kerak" - deya ta'kidladi Adliya vaziri.






