Tibbiy ko’rikdan o’tish uchun xodimlardan pul undirilmaydi

Har bir ish beruvch 18 yoshga toʼlmagan xodimlarni ishga qabul qilishda keyinchalik tibbiy koʼrikdan oʼtkazishni tashkil qilishi shart.

Shuningdek:

60 yoshga toʼlgan erkaklar, 55 yoshga toʼlgan ayollar;
nogironlar;
noqulay ishlarda, tungi ishlarda, transport harakati bilan bogʼliq ishlarda band boʼlganlar;
oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq boshqa tarmoqlardagi ishlarda band boʼlganlar;
maktablar, bogʼchalar va boshqa muassasalarning bolalarga taʼlim yoki tarbiya berish bilan mashgʼul boʼlgan pedagog va boshqa xodimlari ham tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.
P.S. Tibbiy koʼrikdan oʼtish uchun xodimlardan pul undirilmaydi, tibbiy koʼriklarni oʼtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʼrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

Xodimlar tibbiy koʼriklardan oʼtishdan boʼyin tovlashga haqli emas.