S7 Airlines O‘zbekistonga parvozlarni tiklamoqda

FrequyentFlersning xabar berishicha, Rossiyaning S7 Airlines kompaniyasi O‘zbekistonga oktabr oyidan boshlab parvozlarni tiklaydi.
Aviakompaniya Novosibirskdan Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona shaharlariga, shuningdek, Moskvadan Buxoro, Samarqand, Urgancha shaharlariga aviqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Ayni paytda S7 Airlines xalqaro yo‘nalishda faqat Qirg‘iziston va Tojikistonga parvozlarni amalga oshirmoqda.
P.S. Avvalroq u Rossiyaga nisbatan qo‘llangan sanskiyalar sabab reyslarni to‘xtatgan edi.






