Sadir Japarov: ShHT xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini egalladi

“Shanxay hamkorlik tashkiloti tashkil topganidan buyon uzoq yoʻl bosib oʻtdi va xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini egalladi, Yevroosiyo qitʼasidan tashqarida ham eʼtirofga sazovor boʻldi”,- Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov.

ShHT sammitining kengaytirilgan doiradagi uchrashuvda Qirg‘iziston yetakchisining ta’kidlashicha, Shanxay ruhi nomi bilan mashhur bo‘lgan ShHTda muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan tamoyillar turli madaniy-gumanitar an’analarga ega bo‘lgan davlatlarning yonma-yon yashashi namunasini mukammal namoyon etib, tashkilotimizga a’zo bo‘lishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlarni tobora ko‘proq jalb qilmoqda.

Shuningkdek, Qirg‘iziston Respublikasi ShHTning ta’sischi davlatlaridan biri sifatida hamkorlikni chuqurlashtirishga katta ahamiyat beradi va tashkilotni mustahkamlashga hissa qo‘shadi.