Saida Mirziyoyeva oilaviy zoʼravonlik toʼgʼrisidagi qonun muhokama qilinishini ma’lum qildi

Bugun Senatda NNT, davlat idoralari va faollar ishtirokida oiladagi zoʼravonlik toʼgʼrisidagi qonunning jamoatchilik muhokamasi oʼtkaziladi, deya qayd etgan Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda.
“Oiladagi zoʼravonlik uchun jinoiy jazo tayinlamagunicha, ushbu jinoyatga davlatning munosabati Jinoyat kodeksida aniq aks etmagunicha, bir joyda qotib turaveramiz. Busiz boshqa hech nima yordam berolmaydi, yuzaki choralar ham, eng ilgʼor gender loyihalari ham, quruq gap bilan tarbiyalashga urinishlar ham. Oldin ayollar oldidagi masʼuliyatni belgilagan holda, ularni himoyalovchi Qonun joriy etilishi zarur. Qolgani keyin boʼladi”, - deya yozgan u o’z sahifasida.






