Saidov Lavrov bilan yaqindan tanishib oldi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda Saidov oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Sergey Lavrov Janobi oliylari kabi tajribali diplomat bilan tanishganimdan gʻoyat mamnunman. Biz samarali uchrashuv o‘tkazdik. Kun tartibimiz barcha sohalarni qamrab oldi”, Oʻzbekiston TIV yetakchisi.
Qayd etilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari tovar aylanmasining 64 foizini tashkil qilgan qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar bilan eng yuqori sur’atlarni ko‘rsatmoqda.
Xususan, Oʻzbekistondagi sarmoyadorlar roʻyxatida Rossiya 28 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan yetakchilik qilmoqda.






