Saidov Sin Gan bilan Xitoydan kelgan avtobuslarni koʻzdan kechirdi

O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari “Yutong Global” kompaniyasidan sotib olingan avtobuslarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
“Do‘stim vazir Sin Gan bilan birgalikda Xitoyning “Yutong Global” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtobuslarni borib ko'rdik. Yaqinda mazkur kompaniyaning yuzlab avtobuslarini O'zbekistonda jamoat transporti faoliyatini yaxshilash maqsadida xarid qilgan edik”, deydi vazir.
Eslatib oʻtamiz, 8-aprel kuni Xitoydan 268 ta avtobus va elektrobuslar Oʻzbekistonga olib kelingan edi.






