Saidqahhor Xolxoʼjayev Chilonzor tumaniga hokim etib tayinlandi

Poytaxt hokimligining xabar berishicha, 22-avgust kuni Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdan tashqari oltmish toʼrtinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi. Sessiyada Chilonzor tumaniga yangi hokimni tayinlashga oid masala koʼrib chiqildi.

Endilikda bugungacha Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirining birinchi oʼrinbosari va boshqa masʼul lavozimlarda ishlab kelgan Xolxoʼjaev Saidqahhor Muhammadkarim oʼgʼli Chilonzor hokimi vazifasini bajaradi.