Saidyoqub Qahramonov UFCdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 9-iyuldan 10-iyulga o‘tar kechasi Las-Vegasda (AQSh) bo‘lib o‘tgan UFC Vegas 58 turnirida aralash yakkakurash bo‘yicha o‘zbekistonlik Saidyoqub Qahramonov (10:2) amerikalik Ronni Lourensni (8:2) mag‘lub etdi.
Uch raundlik duel o‘zbekistonliklarning ustunligi bilan o‘tdi va yakdil qaror bilan uning g‘alabasi bilan yakunlandi.
P.S. Saidyoqub Qahramonov UFCdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi – avvalgisi 2021-yilning 21-avgustida Trevin Jons ustidan qozonilgan edi.






