Samara shahrida O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

6-9 dekabr kunlari Samara shahrida (Rossiya) ikki davlat talabalari va yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Yoshlar masalalari agentligi va “Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi” jamoat birlashmalari assotsiatsiyasi, Fan va oliy taʼlim vazirligi hamda Samara viloyati hukumati hamkorligida tashkil etildi.

Forumda yoshlar ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, ko‘kalamzorlashtirish, axborotlashtirish va vizual madaniyat masalalari hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ishtirokchilar har ikki mamlakatda yoshlarga oid siyosatni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga integratsiya qilish, ilg‘or tajriba almashish va yoshlar salohiyatini yuksaltirish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yoshlar hamkorligining ahamiyatini oshirishga xizmat qiladigan rezolyutsiya qabul qilinib, hamkorlik yo‘llari belgilandi.