Samaradan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi

Ma’lum qilinishicha, 2023-yil 16-yanvardan Utair Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni Samara Kurumoch aeroporti jadvaliga qaytaradi. Parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Jadvalga ko’ra, Samaradan jo‘nab ketish – 13:20da, O‘zbekistonga kelish – mahalliy vaqt bilan soat 17:20da, Samarqanddan jo‘nab ketish — 18:20, Samaraga yetib kelish — 20:20 etib belgilangan.






