Samarali faoliyat, ko'plab amalga oshirilgan loyihalar: YXHTning O'zbekistondagi elchisi diplomatik missiyasini yakunladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti ma'muriyati rahbarining o'rinbosari Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Jon Makgregor bilan uchrashuv o'tkazdi.

O'zbekistondagi diplomatik missiyasining yakunlanishi munosabati bilan YXHT Elchisiga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning minnatdorchilik xati o'qib berildi. Elchi ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv chog’ida Sherzod Asadov Jon Makgregorning O'zbekistondagi samarali faoliyati, birgalikda amalga oshirilgan ko'plab loyihalarini qayd etdi. Tajribali diplomatning kelajakdagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar uchun samimiy tilaklar bildirdi.