Samarqand aeroporti vaqtincha yopildi

Samarqand aeroporti noqulay ob-havo tufayli vaqtincha yopildi. Ma’lum qilinishicha, Rossiya “Aeroflot” aviakompaniyasining Moskvadan Samarqandga uchgan RA-73120 reysi hamda Turkish Airlinesning Istanbul—Samarqand reysi noqulay ob-havo sharoiti va aeroport hududini qordan tozalash ishlari sabab yopilgani tufayli qo‘na olmagan va Toshkentdagi zaxira aeroportga yo‘naltirilgan.