Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Samarqand davlat universitetiga Sharof Rashidov nomi beriladi va universitet tarkibida 2ta yangi institut va 1ta filial ochiladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini bosqichma-bosqich taʼminlash hamda Samarqand davlat universitetini ilmiy-texnologik va ijtimoiy rivojlantirish, raqobatbardosh ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash, flagman oliy taʼlim muassasasi darajasiga olib chiqishga doir davlatimiz rahbarining farmoni qabul qilindi.
Prezident farmoniga ko‘ra:
Samarqand davlat universitetiga atoqli davlat va jamoat arbobi Sharof Rashidov nomi berilshi tasdiqlandi.
Shuningdek, universitet tarkibida agronomiya, biotexnologiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida kadrlar tayyorlovchi Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti;
muhandislik, elektronika kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlovchi Muhandislik fizikasi instituti va universitetning Urgut filiali tashkil etilishi ko’zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Аgrobiotexnologiyalar instituti, Muhandislik instituti va Filialda taʼlim faoliyati 2022/2023 - oʼquv yilidan boshlanishi hamda o’quv jarayoni kredit-modul tizimi asosida olib borilishi belgilangan.






