Samarqand shahrida double-decker sayyohlik avtobusi harakati yo‘lga qo‘yildi

Bugundan boshlab Samarqand shahrida London ramziga aylangan ikki qavatli, ya’ni "double-decker" avtobuslari harakati yo‘lga qo‘yildi.

Avtobuslar har kuni Amir Temur maqbarasidan “Buyuk ipak yo‘li” turistik markazigacha bo‘lgan tarixiy va zamonaviy Samarqand yo‘nalishda harakatanadi.

Qayd etilishicha, transport harakati 10:00 dan boshlanadi.