Samarqand tadbirkorlar shahri bo'ladi

Prezidentimiz 20-avgust kuni ochiq muloqot tarzida tadbirkorlar bilan uchrashuvda Samarqand viloyatidagi yosh tadbirkorlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash bo'yicha topshiriqlar berdilar.

Mazkur topshiriqdan kelib chiqqan holda, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Samarqandga tashrif buyurib, yosh tadbirkorlar va viloyat rahbarlari bilan uchrashdi.

Urgut tumanidagi korxonalar, yosh tadbirkorlar faoliyati bilan tanishish chog'ida qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

"Faoliyat ko‘rsatish uchun joy, kredit masalalarida yordam berilsa, zamonaviy biznes tamoyillari o‘rgatilsa, Samarqandda, xususan, Urgutda tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar juda ko‘p va asosan, yoshlarni ishga qabul qilib, ularga hunar, shu bilan birga tadbirkorlikni o‘rgatamiz.– deydi “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi ta’sischisi Majidxon Islomov.

Ishchi guruh Samarqanddagi "Kelajak yetakchilari" klubi a'zolari bilan ham suhbatlashdi va viloyatda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.