Samarqand Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitiga tayyor

Xabaringiz bor, joriy yilning 11-noyabr kuni Samarqand Turkiy Davlatlar Tashkilotining birinchi sammitiga mezbonlik qiladi. Sammit yakunida Tashkilotga raislik bir yil muddatga Turkiyadan Oʼzbekistonga oʼtadi.
Ayni damda, Samarqandda sammitga tayyorgarlik jarayonlari qizg’in amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bugun 9-noyabr kuni sammit doirasida bir qator muhim uchrashuvlar oʻtkaziladi.
Jumladan, “Samarkand Regency” mehmonxonasida TDTga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlarning savdo vazirlari uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari OAV uchun brifinglar oʻtkazishi koʻzda tutilgan.






