Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni Samarqand viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Mazkur loyihalar Samarqandni zamonaviy shaharga aylantirish, aholi, tadbirkorlar va investorlar uchun qulayliklarni oshirish, turizmni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

Ma’lumki, yaqin yillarda Samarqand yashash uchun qulay “millionli shahar”ga aylantiriladii. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayyan hududlar qo'shiladi. Davlat idoralari va maʼmuriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga koʻchiriladi. 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.