Samarqandda 4 kun muddatga transport vositalarining harakati cheklanadi

Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi munosabati bilan, 14-sentabrdan 17-sentabrga qadar Samarqand shahri ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.
Bu haqda viloyat transport boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shaharning Ibn Sino, Bo‘stonsaroy, Universitet hiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Ro‘dakiy, Shoxizinda, Usto Umar Jo‘raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko‘chalari yopiladi.
14-15-16 va 17-sentabr kunlari Samarqand shahriga kelmoqchi bo‘lgan fuqarolardan tashriflarini boshqa muddatga ko‘chirishlari so‘raldi. Boisi, shu kunlari Samarqand shahriga kirish vaqtinchalik cheklanadi.






