Samarqandda hokim qarori bilan mulki olib qo'yilgan fuqaroga qariyb 1 milliard kompensatsiya undirildi

Samarqand shahrida yashovchi fuqaro A.A.ning 299.2 kv.m bo‘lgan “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi” Samarqand shahar hokimining 2018-yil 11-dekabrdagi 2382-Q-sonli qarori bilan “Agro Plus” MCHJga berib yuborilgan. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, yer maydoni uchun kompensatsiya to‘lab berilmagan. Yillar davomida buzilgan huquqlarini tiklash borasida uchun fuqaro adliyaga murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro A.Axmedov “Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi”da veterinatiya klinikasini tashkil etib ma’lum muddat faoliyat ko‘rsatgan. Ammo 2012-yilning oxirida sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Rossiya Federatsiyasiga ketgan va 2015-yilda qaytgan. Lekin uning ko‘chmas mulki hokimlik tomonidan 2014-yilda buzub yuborilgan bo‘lgan.
Shuningdek, Samarqand shahar hokimining 2018-yil 11-dekabrdagi 2382-Q-sonli qarori bilan “Agro Plus” MCHJga Samarqand shahar “Ali Qushchi” MFY binosi qurish uchun 100. kv.metr qismi ajratilgan. Biroq, Samarqand shahar hokimining ushbu hamda 2019-yil 19-sentyabrdagi 2308-Q-sonli qarorlari bilan fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab berilmagan.
Sud javobgar hisobidan fuqaro foydasiga buzilgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish kompleksi, yerdan foydalanish huquqining bahosi hamda ekspertiza oʻtkazish uchun toʻlangan toʻlovlar uchun jami 891 525 701 soʻm miqdorida pul kompensatsiya undirish haqida qaror qabul qildi.






