Samarqandda «II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi»ga start berildi

Joriy yilning 3-4-noyabr kunlari qadimiy Samarqand shahri dunyoning yetakchi iqtisodchilari, investorlari va xalqaro ekspertlar assambleyasi ishtirokidagi “II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi”ga mezbonlik qilmoqda.

Kun tartibida: Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yildagi rivojlanish strategiyasi, uning maqsadlari, istiqbollari, imkoniyatlari va vazifalarini ochiq va chuqur muhokama qilish, iqtisodiy o'sishni ta'minlashda xususiy sektorning roli, pul-kredit va makroprudensial siyosat hamda yashil iqtisodiyotga o'tish zarurati kabi mavzular o'rganilishi rejalashtirilgan.