Samarqandda «International Travel Bazaar 2023» turizm forumi o’tkaziladi

Joriy yilning 10–11-fevral kunlari Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi ko‘magida “Travel Bazaar 2023” Samarqand turizm forumi bo‘lib o‘tadi.
Samarqand turizm forumi Markaziy Osiyoda sayohat tajribasini shakllantiruvchilar va turizm xizmatlarini sotuvchilar uchun yil tadbiri boʻlib, rivojlanish, hamkorlik va yangi yechimlarni izlashga qaratilgan.
Forumda 9 davlatdan 40 nafar ma’ruzachi o‘z bilimlarini butun Markaziy Osiyodagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, forumda ko‘rgazma va gastronomik zonalar, B2B uchrashuvlar va innovatsion turizm mahsulotlari taqdimoti ham rejalashtirilgan.






