Samarqandda maktablar 19-sentabrdan boshlanadi

Xabaringiz bor, bu yil sentabr oyida Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi sammiti, shuningdek qator хorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari boʻlib oʻtadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari 19-sentabr sanasidan boshlanadi.
Ushbu maktab oʻquvchilarining qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida taʼtillar hisobidan toʻldiriladi.






