Samarqandda navbatdagi xalqaro konferensiya

Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik: “Barqaror rivojlanish uchun global darvozalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilarining birgalikda suratga tushish marosimi bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklida vazirlar uchrashuvi va “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlik: “Barqaror rivojlanish uchun global darvozalar” mavzusidagi xalqaro konferensiya o’tkazilmoqda.
Tadbirlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Jozep Borrel, Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning yuqori martabali rasmiylari, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, ekspert doiralari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etmoqdalar.






