Samarqandda navbatdagi xalqaro tadbir

Joriy yilning 27-28-oktabr kunlari Samarqandda MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining kuzgi sessiyasi tadbirlari boʻlib oʻtadi.

Ma’lum qilinishicha, MDH Parlamentlararo Assambleyasining sessiyasi O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tadi. Yuzma-yuz formatdagi tadbirlarda MDHga aʼzo davlatlar parlament delegatsiyalari rahbarlari va aʼzolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar hamda ekspertlar ishtiroki kutilmoqda.

27-oktabr kuni Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport, agrar siyosat, tabiiy resurslar va ekologiya, siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, shu kuni MDH Yoshlar parlamentlari aʼzolari ham uchrashadi

28-oktabr kuni MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo assambleyasining 54-yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Parlament a'zolari saylovga oid mavzulardagi namunaviy qonunlarning katta blokini ko'rib chiqishlari rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator boshqa qonun loyihalari ham deputatlar va senatorlarga keyinchalik hamdo‘stlik davlatlarining milliy qonunchiligida foydalanishlari uchun kiritiladi.