Samarqandda TDT mamlakatlari tashqi ishlar vazirligi rahbarlari Kengashining yig'ilishi boshlandi

Unda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov, tashkilot bosh kotibi Bag'dod Amreyev, shuningdek Qirg'iziston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston tashqi siyosiy ishlar idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Uchrashuv yakunida yakuniy hujjatlarni imzolash marosimi bo'lib o'tadi.

Xabar berganimizdek, 10-11 noyabr kunlari Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining yig'ilishlari bo'lib o'tadi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bir kun oldin yetib kelgan edi.