Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentabr oyining oxirida boshlanadi

Bu kabi qaror 15-16-sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammiti munosabati bilan qabul qilindi.
Shu bois Samarqanddagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim respublikaning boshqa oliy o‘quv yurtlariga qaraganda kechroq, taxminan 22 yoki 26-sentabr kunlari oralig’ida boshlanadi.
Maktablar va boshqa taʼlim muassasalari jadvalidagi oʻzgarishlar haqida esa, maʼlumot berilmagan.
P.S. Respublikaning qolgan barcha hududlaridagi ta’lim muassasalarida o‘qish 5-sentabrdan boshlanadi.






