Samarqanddagi yoʻl-suv taʼminoti tarmogʻini modernizatsiya qilish boʻyicha yangi loyiha

Samarqand shahrida suv ta'minoti yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo'yicha yangi loyiha ish boshlaydi. U 2022—2026-yillarda 4 yil davomida amalga oshiriladi.

Buning uchun BAAning Abu-Dabi taraqqiyot jamg‘armasidan 1,1 mlrd dirham ya'ni 299,4 million AQSH dollari miqdorida kredit mablag'i olinadi. Ular yillik 2,5 % stavkada, 4 yillik imtiyozli davr bilan 17 yilga beriladi.

Olingan kredit miqdori “Samarqand suv ta’minoti” va viloyat mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish qismi esa davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qaytariladi.

Shuningdek, loyiha uchun kerakli tovarlarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona boji olinmaydi. Bundan tashqari, davlat ishtirokchi kompaniyalarga ular tomonidan to‘langan QQS summalari uchun kompensatsiya to‘laydi. Hozirda buning uchun 42,76 million dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan.