Samarqandning yangi aeroporti 1-apreldan xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsata boshlaydi

Samarqandning yangi aeroporti 1-apreldan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatadi. Hozirda aeroport majmuasini foydalanishga topshirish ishlari yakunlanmoqda.
“Hozir biz aeroport majmuasini ishga tushirishni yakunlamoqdamiz, bu yerda bojxona va chegara nazorati, yo‘lovchi va bagajni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi yechimlar orqali o‘tish hajmini oshirish imkonini beruvchi yangi xizmat ko‘rsatish texnologiyasi joriy etilgan”, — deya aniqlik kiritdi kompaniya rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan “Turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish ufqlari” mavzuidagi muloqot davomida.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni aeroport majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi terminal qurish loyihasi Air Maracanda xorijiy korxonasi va Uzbekistan Airports davlat hamkori o‘rtasida O‘zbekiston aviatsiya tarixidagi birinchi davlat-xususiy sheriklik kelishuvi doirasida amalga oshirildi.






