Sammit munosabati bilan Samarqanddagi ba’zi ko’chalarda transport harakati cheklanadi

Ma’lum qilinishicha, Turkiy Davlatlar Tashkilotining Samarqand shahridagi I-sammiti doirasida joriy yilning 10-11-noyabr kunlari viloyatning qator ko'chalarida transport vositalarining harakati cheklanadi.

Ibn Sino, Bo'stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usto Umar Jo'raqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed ko’chalari shular jumlasidandir.