Samsung Galaxy A04e taqdim etildi

Samsung kompaniyasi Galaxy A04e modelini taqdim etdi. Yangi model HD+ rezolyutsiyadagi 6.5 dyuymli PLS LCD displeyi bilan jihozlangan.
60 gertsli displeyning yuqorisidan 5MP selfi kamera, orqa paneldan esa 13MP asosiy hamda 2MP sath kameralar oʼrin olgan. Gadjet 3/4GB tezkor hamda 32/64/128GB doimiy xotiraga ega. Xotirani microSD kartasi bilan kengaytirish mumkin. Qurilma 5G tarmogʼini qoʼllab-quvvatlamaydi. Unga 5,000 mАs sigʼimli akkumulyator oʼrnatilgan.
Smartfon Аndroid 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI Core 4.1 grafik qobigʼida ishlaydi. Uning hajmi 164.2 x 75.9 x 9.1 mm, ogʼirligi 188 grammni tashkil qiladi. Korpusning mis, qora va koʼk rangli turlari mavjud.






