Samsung noutbuklar uchun egiluvchan ekranning birinchi prototipini namoyish etdi

Samsung kompaniyasi CES 2023 stendida Samsung noutbuklarga o'rnatish uchun mo'ljallangan egiluvchan ekran Flex Hybrid prototipini namoyish etdi. Qayd etilishicha, bunday displeylar kontent sifatini yaxshilash va qurilmalardan foydalanish qulayligini butunlay yangi darajaga olib chiqish maqsadida kashf etilgan.
Yangi displeyning batafsil texnik xususiyatlari haqida hozircha to’liq ma’lumot mavjud emas, ammo ekranning Las-Vegasdagi dunyodagi eng nufuzli texnologiya ko'rgazmasida namoyish etilgani uning ishlab chiqarish qurilmalariga aylanishiga umid beradi.






