Samsung yangi smartfonlar taqdimotini o‘tkazadi

Samsung kompaniyasi navbatdagi taqdimotini 17-mart kuni o’tkazishni rejalashtirmoqda. Unda kompaniya Galaxy A73, A53 va A33 telefonlarini taqdim etishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi modellar Samsungning avvalgi modellari kabi dizaynga ega bo‘ladi, ammo yangi kuchli protsessor bilan jihozlanadi. Taqdimotning asosiy yulduzi - A73 bo‘lishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan smartfon 6,7 dyuymli AMOLED displey va 120 GHz yuqori yangilanish tezligiga ega bo‘ladi.
2021-yilda xuddi shunday tadbirda Samsung Galaxy A52 va Galaxy A72 ni namoyish etgan edi.
P.S. Taqdimotni 17-mart kuni kompaniyaning rasmiy kanalida jonli efir orqali tomosha qilishingiz mumkin.






