Samsung, Zara va Paypal ham Rossiyadagi faoliyatini to'xtatmoqda

Ukrainaga hujum ortidan Zara, Paypal va Samsung Rossiyada savdoni to'xtatgan so'nggi xalqaro firmalar qatoridan joy oldilar.
Paypal toʻlov giganti oʻz xizmatlarini to’xtatishga sabab sifatida “Ukrainadagi harbiy operatsiyani”ni ko’rsatmoqda.
Rossiyaning eng yirik smartfon yetkazib beruvchisi Samsung kompaniyasi ham “geosiyosiy o‘zgarishlar” tufayli yetkazib berishni to‘xtatganligini e’lon qildi.
Boshqa global brendlar, jumladan, Apple, H&M va Ikea ham Rossiyada sotuvlarni to‘xtatgan.
Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatgan boshqa brendlar orasida quyidagilar bor:
Apple, Ikea, H&M, Boohoo, Rolls Royce, Burberry, Jaguar Land Rover (JLR), General Motors, Aston Martin va Netflix.






